Yarim mlrd so‘mlik kriptoaktivlarni aylantirganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ikki holatda jami 560 million so‘mdan ortiq mablag‘ga teng kriptoaktivlar bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi oliy ta’lim muassasasi talabasi kriptoilovalar orqali qariyb bir yil davomida 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ni ayrboshlash operatsiyalarida ishtirok etgani aniqlangan. 

Ikkinchi holatda esa Sirdaryo viloyati Mirzobod tumanida yashovchi fuqaro qisqa vaqt ichida 361 million so‘mdan ortiq kriptoaktivlar savdosini amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, har ikki holatda xam gumonlanuvchilar qo‘lga olinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-(kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 6,5 mln dollar qiymatdagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan yigit ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo Jizzax noqonuniy kriptoaktiv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing