Sirdaryoda 3 kishi o‘ldirilib, yoqib yuborildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin 3 kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Bir ayol hamda voyaga yetmagan bola va qizning jasadi kecha, 27 aprel kuni soat 02:55 larda topilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryoda turmush qurganidan ko‘p o‘tmay o‘z xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkak 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing