Toshkent viloyatida FVB rahbari 63 ming dollar pora talab qildi (video)
3-sahifa
−
26 aprel 8597 1 daqiqa
Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Toshkent viloyati tumanlaridan biridagi rahbari mazkur tuman hududidan oqib o‘tuvchi 3 ta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlari qurish bo‘yicha umumiy qiymati 5,04 mlrd so‘mlik tuzilgan shartnomalarni go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga olib berganligini ro‘kach qilib, uning rahbaridan 63 ming AQSH dollari miqdorida «ulush» talab qilgan va joriy yilning mart-aprel oylarida 24 ming dollarini olgan.
Mansabdor shaxs noqonuniy harakatlarini davom ettirib, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbaridan qolgan 39 ming AQSH dollarini ham berishini so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilgan pul mablag‘idan 25 ming dollarini o‘zining Tracker rusumli xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi