“Siti” Norvegiyadagi safar uchun muxlislarga pulini qaytarib beradi

Sport

image

“Manchester Siti” futbolchilari Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi safardagi Chempionlar ligasi o‘yini chiptalar pulini muxlislarga qaytarib beradi. Bu haqda BBC’ga klub sardori Bernardu Silva va uning o‘rinbosarlari Ruben Diash, Rodri hamda Erling Holand butun jamoa nomidan ma’lum qildi.

“Biz muxlislarimiz bizni uyda va safarda qo‘llab-quvvatlash uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilganlarida nimani qurbon qilishlarini bilamiz va biz buni hech qachon oddiy hol deb bilmaymiz. Norvegiyaga sayohat qilgan muxlislarning chipta pullarini qaytarish biz qila oladigan eng kam narsa”, deyiladi futbolchilar bayonotida.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchilari 374 muxlisga chipta pullarini qaytarib beradi. Har bir chipta narxi 25 funt sterlingni tashkil qiladi, jami pullar esa taxminan 9 357 funt sterlingni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, “Budyo-Glimt” va “Manchester Siti” uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsda Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. 

Hozirda “Manchester Siti” UEFA Chempionlar Ligasi turnir jadvalida yetti o‘yindan so‘ng 13 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. Jamoaning musobaqadagi keyingi o‘yini joriy yilning 28 yanvar kuni Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasiga qarshi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bernardu Silva “Manchester Siti” “Budyo-Glimt”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing