“Yuventus” “Citi” futbolchisi bilan qiziqmoqda

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” jamoasi 2026 yil yozida “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvani erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda “Calciomercato” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadigan 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Manchester Citi”dan ketishi mumkin. Silvaning “shaharliklar” safini tak etishi Turin klubi uchun tarkibni kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. “Zebralar” Silvadan tashqari, “Atalanta” yarim himoyachisi Edersonga ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Bernardu Silva joriy mavsumda “Manchester Citi” safida barcha musobaqalar doirasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita ta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Yuventus” Bernardu Silva “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing