Snoubord bo‘yicha ilk Olimpiada sovrindori ko‘chkida halok bo‘ldi
Sport
−
14 yanvar 1073 1 daqiqa
Snoubord bo‘yicha ilk Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ueli Kestenhols 50 yoshida qor ko‘chkisi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Shveysariya chang‘i sporti federatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fojia joriy yilning 11 yanvar kuni Shveysariyaning Vale kantonida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, olimpiyachi taxminan 2400 metr balandlikda qor ko‘chkisi ostida qolgan. Uning sherigi xavfsiz hududga yetib olib, qutqaruvchilarga xabar berishga muvaffaq bo‘lgan.
Kestenhols vertolyotda Visp shahridagi shifoxonaga yetkazilgan, keyin esa Son shahriga olib o‘tilgan. Biroq u olgan og‘ir jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.
“Hayot bitta sport turi uchun juda qisqa. Afsuski, Uelining hayoti ham juda qisqa bo‘ldi. 11 yanvar kuni Lyotshental vodiysida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi ikki farzandning otasini olib ketdi. Shveysariya chang‘i sporti federatsiyasi va butun snoubord hamjamiyati chuqur qayg‘uda. Uelining oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz”, deydi Shveysariya chang‘i sporti federatsiyasi prezidenti Peter Barandun.
Ma’lumot uchun, Ueli Kestenhols 1998 yil Yaponiyaning Nagano shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida snoubord bo‘yicha ilk Olimpiya musobaqasidagi gigant slalom bahsida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.