Son Xyon Minni “shantaj” qilgan ayol qamaldi

Sport

image

Janubiy Koreya milliy terma jamoa sardori va “Los-Anjeles” futbolchisi Son Xyon Mindan farzandiga homilador ekanini aytib, pul talab qilgan janubiy koreyalik ayol tovlamachilikda ayblanib, to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda  “The Korea Times” nashri xabar berdi.

Yang familiyali 20 yoshlar atrofidagi ayol joriy yil boshida homiladorligini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, sukut saqlashi evaziga 300 million von (taxminan 205 ming dollar) olgan. Shundan keyin u yana 70 million von undirishga uringanlikda ayblandi. 40 yoshlar atrofidagi erkak esa u bilan til biriktirganlikda aybdor deb topildi.

Seul markaziy okrug sudi Yangni to‘rt yilga, uning sherigini esa ikki yilga ozodlikdan mahrum etgan. Sud qarorida qayd etilishicha, sudlanuvchilar futbolchining mashhurligidan foydalanib, Son Xyon Minga katta ruhiy zarar yetkazgan. Sud, shuningdek, ayol homila kimdan bo‘lgani haqida hech qachon dalil taqdim etmaganini ham ta’kidlagan.

Son Xyon Min vakillari esa bu borada izoh bermagan. Janubiy Koreya matbuotiga ko‘ra, futbolchining agentligi avvalroq Son Xyon Min ayolni tanishini, biroq u yolg‘on materiallar bilan pul talab qilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning “Los-Anjeles” jamoasi futbolchisi Son Xyon Min 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida MLS’dagi mavsum oralig‘idagi tanaffus paytida qisqa muddatli ijara asosida Yevropaga qaytishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Son Xyon Min qamoq tovlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing