Sulh buzildi: Isroil Livanga yana zarba berdi
Olam
−
17 aprel 3545 1 daqiqa
Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganiga qaramay, sulhning ilk soatlarida janubiy Livanda bir nechta shaharlar o‘qqa tutildi. Bu haqda Livan milliy axborot agentligi NNA xabar berdi.
Xususan, Isroil armiyasi – SAXAL Al-Xiyam va Dbeybin shaharlariga artilleriya zarbalari bergani, shuningdek pulemyotlardan o‘q uzilgani xabar qilingan. Zapadnoye Bekaa hududida esa dron hujumlari qayd etilgan.
10 kunlik sulh 17 aprel kuni tun yarimidan boshlab amal qila boshlagan. Uni avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan edi.
“Hizbulloh” ham sulhni tan olgan, ammo o‘z harakatlari vaziyat rivojiga bog‘liq bo‘lishini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sulhdan oldingi 24 soat ichida guruh Isroil kuchlariga qarshi o‘nlab hujumlar uyushtirgan.
Shu bilan birga, Muhammad Bag‘ir G‘olibof sulhni “qarshilik kuchlari barqarorligi natijasi” deb baholagan va uni ehtiyotkorlik bilan kuzatishini aytgan.
Avvalroq, Vashingtonda Isroil va Livan vakillari 34 yil ichida ilk bor bevosita muzokaralar o‘tkazgan. Unda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etgan.
Shunga qaramay, vaziyat hali ham keskin bo‘lib qolmoqda va sulhning barqarorligi savol ostida qolmoqda.
Live
Barchasi18 aprel