Isroil xavfsizlik ortidan emas, hudud ortidan quvmoqda – Fidan

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Isroilning harakatlari xavfsizlik uchun emas, balki hudud uchun qilinayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 18 aprel kuni Antaliya diplomatik forumidagi ma’ruzasida so‘z ochdi.

Fidan bugungi davrda diplomatiya har qachongidan ham muhim va unga ehtiyoj yana-da ortayotganini ta’kidlagan.

“Biz endi xalqaro tizimda milliy davlatlarning ahamiyati tobora oshib borayotganini ko‘ryapmiz. Shu jihatdan davlatlar uchun diplomatiya yana-da muhim ahamiyat kasb etmoqda. Agar biz odatdagidek tizim o‘z yo‘lida ketadi deb kutaversak, avval urushni, keyin esa vayronagarchilikni ko‘ramiz. Isroil o‘z xavfsizligi ortidan quvlayotgani yo‘q, balki ko‘proq hudud ortidan quvmoqda”, deydi Hoqon Fidan.

Shuningdek, u vaziyatni yana-da murakkablashtirayotgan jihat sifatida Isroil Yevropa va AQSHdan juda katta qo‘llab-quvvatlov olayotganini aytgan.

“Mintaqa davlatlari esa yangi uyg‘onish davrining boshida turibdi. Ular Isroil mintaqaviy tahdid ekanini anglab yetmoqda. Yevropa Ittifoqi esa institutsional tarzda birlashib, o‘z kuchidan foydalanib, Isroil faoliyatini cheklash borasida qat’iy pozitsiya namoyish etmayapti”, deydi u.

Bundan tashqari, Fidan AQSHni tanqid ostiga olgan. Ma’ruzasida u Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH yangi dunyo tartibining yetakchisiga aylanganini, ammo keyingi davrda bu yangi tizimning yaratuvchisi o‘zi yaratgan tizimga mos kelmay qolganini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an homiyligida va mamlakat Tashqi ishlar vazirligi mezbonligida 17–19 aprel kunlari Antaliya diplomatik forumi o‘tkazilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hoqon Fidan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Antaliya diplomatik forumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing