Sulh e’lon qilgan Rossiya Ukrainaga xujum uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 5 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning gaz ishlab chiqarish inshootlariga raketa va dronlar bilan zarba berib, jami besh kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ukraina rasmiylari ma’lum qildi.

Ukrainaning “Naftogaz” davlat energetika kompaniyasi bosh direktori Sergiy Koretskiyning aytishicha, Rossiya kuchlari Poltava va Xarkov viloyatlaridagi gaz ishlab chiqarish ob’ektlariga zarba bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Naftogaz”ning uch nafar xodimi va ikki nafar favqulodda xizmat qutqaruvchisi halok bo‘lgan, 37 kishi esa yaralangan. “Naftogaz” inshootlari esa dronlar va ballistik raketalar ishtirok etgan hujum oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan va ishlab chiqarishda yo‘qotishlar yuzaga kelgan.

Bu holat Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 4 may kuni qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilganidan so‘ng kuzatilgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa hujumlarni qoralab bayonot bergan. 

“Har kuni bunday raketa va dron hujumlarini amalga oshirib turib, propaganda tadbirlarini o‘tkazish uchun o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rash mutlaqo noto‘g‘ri”, degan Zelenskiy. 

Prezident, shuningdek, Rossiya kuchlari Dnepropetrovsk viloyatidagi muhim infratuzilmaga ham zarba berganini, uch kishi yaralanganini va minglab oilalar elektr ta’minotisiz qolganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan urushda 8 va 9 may kunlari – G‘alaba kuni munosabati bilan bir tomonlama tarzda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilishini e’lon qilgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina Sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing