Sun’iy intellekt “Chelsi” homiysiga aylandi

Sport

image

Sun’iy intellektga ixtisoslashgan IFS kompaniyasi mavsum oxirigacha “Chelsi” klubining asosiy homiysiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz IFS bilan hamkorlik qilayotganimizdan va klubni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqish uchun ularning ilg‘or SI yechimlaridan foydalanayotganimizdan faxrlanamiz. Ushbu hamkorlik bizning yetakchilikka sodiqligimizni, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishimizni va maydonda ham, undan tashqarida ham faoliyatimizni takomillashtirishga intilayotganimizni namoyish etadi”, deydi “Chelsi” raisi Jayson Gannon.

IFS va “Chelsi” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, kompaniya logotipi shartnoma imzolangan paytdan boshlab erkaklar va ayollar jamoalari futbolkalarida aks etadi. Bu degani, bosh murabbiy Liam Rosenor jamoasi bugun, 21 fevral kuni Angliya Premer-ligasi doirasida “Byornli”ga qarshi uchrashuvda yangi libosda maydonga tushadi. 

“Chelsi” mazkur bitimni “ko‘p yillik global hamkorlik” deb ta’rifladi, biroq IFS joriy mavsumdan keyin ham asosiy futbolka homiysi bo‘lib qolishi borasida aniq ma’lumot berilmagan. Moliyaviy tafsilotlar oshkor etilmagan.

Klub bayonotiga ko‘ra, IFS sanoat sun’iy intellekt dasturiy ta’minoti bo‘yicha dunyodagi yetakchi yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, global miqyosdagi yirik tashkilotlar uchun sanoat tahlili va raqamli yechimlar taqdim etadi.

SIga yo‘naltirilgan ushbu hamkorlik “Three” bilan shartnoma yakunlanganidan 2,5 yil o‘tib amalga oshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” Sun'iy intellekt homiy IFS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing