Surxondaryoda 15 yoshli qiz turmushga berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida 15 yoshli qiz turmushga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu holat viloyatning Denov tumanidagi Ozod mahallasida yashovchi fuqaro A.R. bilan sodir bo‘lgan. 

2025 yilning iyul oyida qizni turmushga berish harakati bo‘yicha mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilib, voyaga yetmagan shaxsni turmushga berish qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantirish berilgan.

Shunga qaramay, 2025 yil 10 avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan. Ushbu holat bo‘yicha mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanib, aybdorlarga jarima belgilangan.

Bildirilishicha, ayni damda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olmoqda hamda uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, Oila kodeksining 15-moddasiga muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Ushbu yoshga yetmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan ota-ona yoki vositachilarga nisbatan katta miqdorda jarima qo‘llanilishi mumkin, takrorlansa yoki og‘ir oqibatlarga olib kelsa jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bolalar nikohining hamda erta va majburiy nikohning ko‘rsatkichi so‘nggi o‘n yil ichida 3,4 foizni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Denov turmush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing