Surxondaryoda Cobalt va Nexia to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 19 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan Cobalt avtomobili Nexia bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 09:40 larda Qumqo‘rg‘on tumani,“Azlarsoy” MFY hududidan o‘tgan D-162 (4R-104) avtomobil yo‘lining 7-kilometrida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt avtomashinasi bilan harakatlanib kelib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan. Oqibatda 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 rusumli avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchisi, 1959 yilda tug‘ilgan ayol tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov- surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sodir bo‘lgan YTHda haydovchilar jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Cobalt Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing