Surxondaryoda o‘qituvchilarga majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi 

3-sahifa

image

Avvalroq, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Rajabov o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish uchun topshiriq bergani haqida xabar berilgandi. Ushbu hokim o‘rinbosari ishdan olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Murodbek Davlatov xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi pedagog xodimlaridan pul mablag‘lari majburiy tartibda yig‘ilayotgani haqidagi xabar yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakunlangan.

Tekshiruvlarda Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari Anvar Rajabov tomonidan berilgan ko‘rsatma amaldagi qonunchilik talablariga zid ekanligi va ixtiyoriylik tamoyili buzilgani aniqlangan. 

“Xizmat tekshiruvi xulosasiga muvofiq Anvar Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shu bilan birga, uning harakatlariga huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanining prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Jarqo'rg'on zamhokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing