Surxondaryoda yo‘q Cobalt’ni 14 kishiga sotgan firibgar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘q Cobalt mashinasini 14 kishiga sotgan firibgar ushlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Telegram ijtimoiy tarmog‘ida profil ochib, o‘zida mavjud bo‘lmagan Cobalt rusumli avtomashinani sotishini ma’lum qilib, fuqarolar bilan muloqotga kirishgan. Ko‘p o‘tmasdan xaridor ham topilgan. Gumonlanuvchi shaxs avtomashina uchun yangi shinalar qo‘yishini ma’lum qilib, fuqarodan oldindan to‘lov pulini o‘tkazishni so‘ragan. Ishonchga kirgan holda pul mablag‘larini bank plastik kartalariga o‘tkazib olishga erishgan.

Shundan so‘ng esa yozishmalarni o‘chirib tashlab, pullarini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs ustidan arizalar kelib tushgan. Bu murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jinoyatni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi shaxs sodir etganligi aniqlangan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlar natijasida ushbu shaxs qo‘lga olingan.

Tergov davomida gumonlanuvchi Oltinsoy tumanida yashovchi uch nafar fuqaroni shu tarzda aldab, ularga jami 8 mln 32 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgani aniqlangan.  
Umumiy hisobda ushbu shaxs 14 nafar respublikaning turli hududlarida yashovchi fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab, pul mablag‘larini o‘zining bank plastik kartasiga tashlatib olgani fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3 qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida fuqarolarni firibgarlik yo‘li bilan Umra safariga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo firibgarlik Cobalt Qumqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing