Suyunchi! Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi
Jamiyat
−
11 noyabr 5286 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 4 egizak qizaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kitoblik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizning ota-onasi bo‘lgan.
“Yaqinda bu oilada bir yo‘la yana 4 qizaloq tug‘ilgan. Natijada ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan.
Birinchi qizaloqning vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm, ikkinchi qizaloqning vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm, uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm, to‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm. Ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 3 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgandi. Dunyoga kelgan chaqaloqlarning 2 nafari o‘g‘il, 1 nafari qiz bo‘lgan.
Live
Barchasi