“Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jamiyat
−
03 aprel 6828 1 daqiqa
“Taxtaqoracha” dovonida zamonaviy tunnel qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimligi xabar berdi.
M’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishda Kitob tumani hokimligida tuman hokimi Rustam G‘afurov hamda Yaponiyaning nufuzli xalqaro tashkiloti — JICA (Japan International Cooperation Agency) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Muzokaralar davomida dovonda uzunligi 7 kilometr bo‘lgan tunnel qurilishi yuzasidan xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha takliflari va taqdimotlari ko‘rib chiqilgan. Tomonlar loyiha doirasida zamonaviy muhandislik yechimlari, xavfsizlik talablariga mos infratuzilma yaratish hamda transport qatnovini yanada qulaylashtirish masalalarini atroflicha muhokama qilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov parlament yig‘ilishi davomida deputatning savoliga javoban “Taxtaqoracha” dovoni orqali o‘tadigan pullik tunnel qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Prezident Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga tashrifi chog‘ida Transport vazirligiga “Taxtaqoracha” dovonida 7 km uzunlikdagi pullik tunnel qurish vazifasini qo‘ygan.
Live
Barchasi18 aprel