Taniqli turk aktyori Burak Deniz hibsga olindi
Madaniyat-san’at
−
15:52 8806 2 daqiqa
O‘nlab reytingli seriallarda suratga tushgan va "Malikam, endi qara", “Tun malikasi” filmi bilan mashhur bo‘lgan turk aktyori Burak Deniz politsiyaning giyohvandlikka qarshi operatsiyasi doirasida Istanbulda qo‘lga olindi. Bu haqda “Habertürk TV” xabar berdi.
Prokuratura tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishi bo‘yicha qaror chiqarilgan 14 kishidan 11 nafari qo‘lga olingan. Ular orasida Norm Ender taxallusi bilan tanilgan reper Ender Ero‘g‘li ham bor.
Joriy yilning 7 aprel kuni to‘qqiz nafar shou-biznes va kino namoyandasi, jumladan, “Sen tug‘ilgan uy – sening taqdiring”, “Qush parvozi” seriallari bilan tanilgan aktyor Ibrohim Chelikol va mashhur pop ijrochilari Bengu, Simge Sag‘in, Melek Mosso hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Ular giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash va tarqatishda gumon qilinmoqda.
Turkiyada, asosan Istanbulda, so‘nggi bir necha oy ichida giyohvandlikka qarshi yirik operatsiyalar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Avvalroq bir necha o‘nlab odamlar, jumladan, taniqli aktyorlar, telejurnalistlar va blogerlar hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Fevral oyida Istanbul sudi Bosfor qirg‘og‘idagi besh yulduzli “Bebek” mehmonxonasi faoliyatini to‘xtatdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mehmonxonada mahalliy elita vakillari giyohvand moddalar iste’mol qilgan ziyofatlar o‘tkazilgan.
Live
Barchasi