Tanqidlar ortidan “Tolibon” Samanganda universitet peshtoqiga o‘zbek tilini qayta kiritdi

Olam

image

Avvalroq, “Tolibon” muvaqqat hukumati o‘zbeklar eng ko‘p yashovchi mamlakatning shimolida joylashgan Samangan universiteti peshtoqidan o‘zbek tilidagi yozuvlarni olib tashlagani, bu esa haqli ravishda jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 11 yanvar kuni universitet peshtoqiga arab alifbosiga asoslangan o‘zbek tilidagi yozuv qayta kiritildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga afg‘onistonlik o‘zbeklar xabar bermoqda.

Tasdiqlangan ma’lumotga ko‘ra, “Tolibon” 11 yanvar kuni Samangan universitetining kirish qismiga o‘zbek tilini ham qo‘shib hisoblaganda to‘rt tilda yozilgan lavhani yangidan o‘rnatgan.

QALAMPIR.UZ ushbu muammoni O‘zbekistonda ko‘targani va Tashqi ishlar vazirligining munosabati ortidan toliblar tilimizga hurmat ko‘rsatishga majbur bo‘ldi, buning uchun tahririyat va vazirlikka janubiy turkistonliklar nomidan minnatdorlik bildiraman”, deydi tahririyat jurnalisti bilan suhbatda afg‘onistonlik o‘zbek.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuniga kelib, o‘zbeklar eng ko‘p yashovchi Samanganda universitet peshtoqidan o‘zbek va fors tillaridagi yozuv olib tashlandi. Buning ortidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbek tiliga nisbatan cheklovlar vazirlikda tashvish uyg‘otishini bildirdi. 6 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining mas’ul vakillari tezkor ravishda Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘langanda, “Tolibon” o‘zbek tiliga taqiq qo‘ymaslikka va’da berdi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbek tili “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing