Tarixiy missiya yakuni: Artemis II nimalarga erishdi? (video)

Bu qiziq

image

NASA’ning joriy yilning 6 aprel kuni boshlangan va insoniyat tarixidagi eng uzoq masofaga erishilgan kosmik parvozi o‘z missiyasini yakunlamoqda. Ertaga, 10 aprel kuni kosmik kema Qo‘shma Shtatlar vaqti bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 11 aprel 05:00) da Yerga qo‘nadi. Bu haqda NASA xabar berdi.

NASA’ga ko‘ra, Orion kosmik kemasining 4 nafar ekipaj a’zosi parvozni muvaffaqiyatli yakunlab, dunyoga namoyish etish uchun Oydan olingan ko‘plab suratlar va bir olam taasurotlar bilan o‘z uylariga qaytmoqda. Ekipaj uchuvchisi Viktor Glover kecha, 8 aprel kuni NASA’ning Xyustondagi Jonson kosmik markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida koinotdan turib o‘z taassurotlarini ulashgan. 

“Biz albatta ortga qaytishimiz kerak. Biz Oyda siz ko‘rganingizdan ham hayratlanarliroq ko‘plab manzaralarni tarixga muhrladik. Bundan tashqari, odamlarga aytishimiz zarur bo‘lgan ajoyib taassurotlar bilan qaytyapmiz. Bizda o‘z missiyamizni yakunlashimiz uchun rejada yana 2 kunimiz bor”, deydi ekipaj a’zosi. 

Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp Artemis II missiyasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng ekipaj a’zolari bilan suhbatlashgan. U missiya Amerika tarixiga oltin harflar bilan muhrlanishini hamda mamlakat xalqi va Prezdidenti ulardan faxrlanishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Artemis II missiyasi Orion kosmik kemasida ekipajdagi to‘rt nafar astronavt bilan Yer yuzidan taxminan 406-407 ming kilometr uzoq masofaga parvozni amalga oshirgandi. Shu tariqa Appolo 13 missiyasi tomonidan o‘rnatilgan 1970 yildagi rekord yangilangan. Yangi missiya avvalgisidan taxminan 4-6 ming kilometr uzoqroq masofani bosib o‘tgan.

Missiyaning avvalgisidan asosiy farqi shundaki, kosmik kema Oyga qo‘nmasdan, uning Yerga ko‘rinmaydigan qismini suratga olishi va aylanib o‘tishi kerak edi. NASA’ga ko‘ra, parvoz kutilganidan ham muvaffaqiyatliroq tarzda amalga oshirilgan. 

Xususan, Artemis II missiyasi astronavtlari Oyning orqa tomonidan Yerga qaralganda sayyoraning botishi qanday ko‘rinishi aks etgan fotosuratlarni ham e’lon qilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tarixiy missiya Artemis II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar