Tashkent Marketing Forum – 2026 doirasida ekspertlar bilan 1:1-sessiyalar
Biznes
−
11 fevral 388 2 daqiqa
Tashkent Marketing Forum – 2026 doirasida marketing ekspertlari bilan “Marketing compass” maxsus formatdagi individual uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bu marketing sohasidagi biznes va karera bilan bog‘liq savollar bo‘yicha tezkor va amaliy yo‘nalish beradigan qisqa 1:1-uchrashuvlar formatidir.
Bu format real muammolar bilan ishlayotgan va umumiy maslahatlar emas, balki aniq yo‘nalish hamda keyingi qadamni bilishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Sessiyalar strategiya, brend, kommunikatsiyalar, digital marketing, mahsulot yoki jamoani rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.
Har bir uchrashuv forum eksperti bilan qisqa va shaxsiy muloqot shaklida o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi uchun 7 daqiqa ajratiladi – bu vaqt asosiy savol bo‘yicha mutaxassis fikrini olish va keyingi harakatlar yo‘nalishini aniqlash uchun yetarli.
Klassik konsultatsiyalardan farqli o‘laroq, “Marketing compass” barcha masalalarni batafsil tahlil qilishga qaratilmagan. Bu format vaziyatni tartibga solish, mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘rish va qaysi tomonga harakat qilish kerakligini tushunishga yordam beradi.
Qaysi ekspertlar bilan uchrashish mumkin
1:1-sessiyalarda Tashkent Marketing Forum – 2026 spikerlari va ekspertlari — marketing, brending, digital muhit, tadqiqotlar, produkt va IT yo‘nalishlarida boshqaruv tajribasiga ega amaliyotchilar ishtirok etadi.
Uchrashuvga quyidagi mavzular bilan kelish mumkin:
- marketingni tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish;
- o‘sish strategiyasi va brend pozitsiyasi;
- PR, kommunikatsiyalar va ishonch bilan ishlash;
- SMM va kontent – biznes vositasi sifatida;
- product va IT marketing;
- AI va marketing texnologiyalarini joriy etish;
- marketing jamoalarini rivojlantirish va karera navigatsiyasi.
Kimlar uchun
1:1-sessiyalar quyidagilar uchun foydali:
- tadbirkorlar va biznes egalari;
- CEO va jamoa rahbarlari;
- marketing direktorlar va mutaxassislar;
- professional faoliyatini endigina boshlayotgan va ongli yo‘nalish izlayotganlar.
Qachon va qayerda?
14 fevral, 2026 yil
16:30–18:00
AZIMUT Grand Hotel Tashkent
Sessiyalarda ishtirok bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali.
Joylar soni cheklangan, arizalar moderatsiya asosida qabul qilinadi.
Live
Barchasi