Texasdagi toshqin qurbonlari 129 kishiga yetdi

Olam

image

AQSHning Texas shtatidagi Gvadelupa daryosining toshishi oqibatida yuz bergan kuchli toshqinlarda hozirgacha kamida 129 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Tabiiy ofat iyul oyi boshlarida ro‘y bergan. Shtat gubernatori Greg Ebbottning so‘zlariga ko‘ra, hali ham o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolganicha qolmoqda. Faqatgina Kerr okrugida 8 iyul holatiga ko‘ra 161 kishi qidirilmoqda, boshqa hududlarda esa kamida yana 12 nafar mahalliy aholi a’zolari topilmagan.

Qayd etish joiz, 4 iyul kuni kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida daryoda suv sathi keskin ko‘tarilgan va bu bir necha toshqinlarga sabab bo‘lgandi. AQSH Meteorologiya xizmati odamlarni xavf haqida falokatdan 12 soat avval ogohlantirgan bo‘lsa-da, yomg‘ir kech paytiga to‘g‘ri kelgani sababli ko‘pchilik uxlab yotgan va tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmagan. Taxminan soat to‘rtda suv sathi 8 metrgacha ko‘tarilgan. Bu esa katta talofatlarga olib kelgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Texas shtatida sodir bo‘lgan kuchli suv toshqinlari oqibatida so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra kamida 104 kishi, jumladan 28 nafar bola halok bo‘lgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Texas toshqin Gvadelupa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing