Marokashda toshqinlar ortidan 21 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 14 dekabr kuni Marokashning Atlantika okeani sohilida joylashgan Safi mintaqasida yog‘gan kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Bu haqda MEDI1TV xabar berdi.

“Safi mintaqasidagi mahalliy hokimiyat yakshanba kuni hududga yog‘gan yomg‘ir va momaqaldiroq sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari qurbonlari soni 21 nafarga yetganini ma’lum qildi”, deyiladi telekanal xabarida.

Marokash OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, Safi shahrida, ya’ni shu nomdagi provinsiyaning ma’muriy markazida taxminan 70 ta uy va do‘konni suv bosgan, toshqinlar 10 ta avtomobilni oqizib ketgan, shuningdek, yo‘llarga zarar yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi jarohatlangan. Ular shifoxonaga yotqizilgan, biroq zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ko‘pchiligiga javob berilgan. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga yetib borishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda sodir bo‘lgan 72 soatlik kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘lgani, oqibatda 14 kishi, jumladan, uch bola vafot etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

toshqin Marokash Safi mintaqasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing