Texnoparkdagi yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
01 may 10490 1 daqiqa
Bugun, 1 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintifon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergani haqida xabar bergan edik. Ushbu yong‘inda 2 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in bartaraf etilganidan so‘ng yong‘in joyini o‘rganish davomida ikki fuqaroning jasadi aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan. Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayonning buzilishi oqibatida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida sexning taxminan 700 kv.m maydondagi tomi, shifti va mahsulotlari yonib, zararlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyida FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari ishlamoqda.
Live
Barchasi