Telegram’da klon profil orqali odamlarni “uxlatgan” shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Telegram orqali soxta profil ochib, odamlarni chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, olingan tezkor ma’lumotlar asosida Namangan viloyatida yashovchi fuqaro Telegram messenjeri orqali o‘ziga maxsus profil ochib faoliyat yuritgan. U fuqarolarning Telegram profillarining ikkinchi – soxta nusxasini yaratib, ularning tanishlari va yaqinlariga xabar yo‘llash orqali turli miqdordagi pul mablag‘larini so‘rab kelgan. Kelishilgan mablag‘lar esa turli bank plastik kartalarga o‘tkazilgani aniqlangan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchiga tegishli bo‘lgan mobil telefon apparati ko‘zdan kechirilganda, Telegram orqali jami 126 nafar fuqaro qora ro‘yxatga kiritilgani aniqlangan. Shuningdek, uning telefonida bir qator to‘lov ilovalari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jinoyatlar Navoiy, Toshkent shahri va viloyati Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro hamda Surxandaryo viloyatlarida sodir etilgan. Jumladan, Surxandaryo viloyatida ham fuqarolar mazkur jinoiy harakatlar oqibatida turli miqdordagi pul mablag‘laridan mahrum bo‘lgan.

“Telegram akkauntimni ochib, gruppalarga kirib, u akkauntdagi bitta insonni Telegram akkauntini klon qilib, o‘zlashtirib, uning nomidan tanishlariga pul so‘rab yozib, o‘zimning karta raqamimga pul tushirtirib olganman”, deydi gumonlanuvchi.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan murojaatga asosan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirilgan. Ushbu jinoyatni 2004 yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlanib, tezkor texnik tadbirlar natijasida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni Telegram orqali tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram soxta profil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing