Telegram’da bolalar pornografiyasini tarqatganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik materiallarni internet orqali tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi. Bu haqda kecha, 23 fevral kuni Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. 

Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Telegram messenjerida axloqsiz va pornografik mazmundagi materiallarni tarqatib kelgan shaxs fosh etilgan. Aniqlanishicha, u o‘ziga tegishli, 442 nafar obunachiga ega bo‘lgan Telegram kanali orqali voyaga yetmaganlar ishtirokidagi 403 turdagi pornografik materiallarni joylashtirgan va tarqatgan.

Gumonlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida avval shunga o‘xshash Telegram-kanalga qiziqish yuzasidan qo‘shilgani, keyin o‘zi ham kattalar hamda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi turli pornografik videolar joylashtiriladigan kanal ochishga qaror qilganini bildirgan. 

Shuningdek, Toshkent viloyatida yashovchi 21 yoshli yigit ham Telegram orqali noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangan. U ijtimoiy tarmoqda qizlar nomidan 6 ta kanal ochib, ushbu kanallarga jami 3 750 ta pornografik material joylashtirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali 837 nafar shaxsga voyaga yetmaganlar ishtirokidagi pornografik mahsulotlarni sotgan va buning evaziga 29,2 million so‘m miqdorida noqonuniy daromad olgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi (pornografik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan video tasvirlarini tarqatmaslik uchun 6 ming AQSH dollar so‘ragan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Telegram Jinoyat kodeksi pornografik material

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing