Telegramʼda soxta sahifalar orqali odamlarni chuv tushirgan 18 yoshli o‘smir ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Musodara tovarlar” nomi bilan davlat idorasi nomidan soxta kanal ochib, fuqarolarni aldab yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2008 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan shaxs “Musodara tovarlar” deb nomlangan Telegram kanali va Instagram’da “musodara_tavar_arzon” sahifasini ochgan. Xaridorlar ishonchini qozonish uchun esa kanal va sahifa profillarida soxta litsenziya, Davlat havfsizlik xizmati va bojxona idoralarining rasmiy logotiplaridan foydalangan.

Shuningdek, ushbu shaxs o‘zi yuritgan kanallar orqali go‘yoki chet eldan kelgan noqonuniy tovarlar bojxona organlari tomonidan musodara qilingani va shu sabab 80% chegirma bilan sotilayotgani haqida turli tovarlarning rasmi va narxlarini muntazam e’lon qilib kelgan.

Ma’murning soxta e’lonlariga ishongan fuqarolar esa uning bank plastik kartalariga aytilgan pullarni o‘tkazib bergan. Ammo keyinchalik ushbu fuqarolar qora ro‘yxatdan joy olgan.  

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxtning Mirobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Musodara tavarlar” Telegram’ kanali va Instagram’dagi “musodara_tavar_arzon” sahifasining ma’muri qo‘lga olingan. Undan holatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar tegishli tartibda saqlovga olingan.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi nomidan soxta akkauntlar ochilgani haqida xabar berilgandi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram o'smir soxta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing