Temur Kapadze MTJ bilan xayrlashuv xatini yozdi
Sport
−
10 noyabr 10885 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, o‘tgan oy boshidan buyon Fabio Kannavaroga yordamchilik qilayotgan Temur Kapadze milliy terma jamoadan ketgani haqida xabar berilgandi. U o‘zining Instagram sahifasida jamoa bilan xayrlashuv maktubini yozdi.
“Milliy jamoa bilan faoliyatim nihoyasiga yetdi. Bu yillar hissiyotlar, g‘alabalar va unutilmas tajribalar bilan to‘la bo‘ldi. Futbolchilar, jamoa shtabi va federatsiyaga ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildiraman. Ayniqsa, muxlislarga doimiy qo‘llab-quvvatlov, energiya va jamoaga bo‘lgan ishonchi uchun katta rahmat! Bu jamoaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. Jamoaga kelgusidagi o‘yinlarda omad va yangi yutuqlar tilayman!” deydi Kapadze.
Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze o‘z xohishiga binoan lavozimidan ozod etilishini so‘ragan. Mutaxassisga boshqa taklif tushgan hamda u o‘z murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida.
Oldinroq, Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasini boshqarish uchun nomzodlar qatorida tilga olinayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi