Tesla arzonroq elektromobillarni taqdim etdi

Texnologiya

image

Kecha, 7 oktyabr kuni Tesla o‘zining ikkita eng mashhur elektromobil modelining yangi versiyalarini taqdim etdi. Ular oldingi versiyalarga qaraganda taxminan 5 000 AQSH dollar arzonroq sotiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ilon Maskning elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi yangi modellarining narxi taxminan 37 000 va 40 000 dollardan boshlanishini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, yangi Model Y 40 000 dollarga, Model 3 esa 37 000 dollarga baholanmoqda. Bu narxlar kompaniya avtomobillarini qiymat jihatidan benzinli transport vositalariga yaqinlashtiradi. 

Shuningdek, ba’zi tahlilchilar va sarmoyadorlar Tesla'ni GM hamda BMW kabi an’anaviy avtomobil ishlab chiqaruvchilari, bundan tashqari, turli xil elektr transport vositalarini taklif qilayotgan BYD kabi Xitoydan yangi raqobatchilarning raqobatiga javoban yangi modellarni taqdim etmayotgani uchun tanqid qilgan. Qayd etish joiz, BYD dunyodagi eng yirik elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi sifatida Tesla’dan o‘zib ketmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Tesla Model 3 va Model Y yangi versiyalarining  soliq imtiyozlari avvalgilariga qaraganda qimmatroq bo‘ladi. Ammo soliq imtiyozlari yiliga 150 000 dollardan ortiq daromad oladigan jismoniy shaxslar yoki umumiy yillik daromadi 300 000 dollardan ortiq bo‘lgan nikohdagi juftliklar uchun berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingani haqida xabar bergan edi.

Kamola Sotvoldiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilon Mask Tesla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing