“Tolibon” universitetlarda ayollar yozgan kitoblarni taqiqladi

Olam

image

“Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘oniston universitetlariga ayollar tomonidan yozilgan barcha kitoblarni o‘quv dasturlaridan chiqarish haqida buyruq berdi. Bu haqda “Zan Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, taqiq ostiga jami 680 kitobdan 140 tasi tushgan bo‘lib, ularning barchasi ayol mualliflar tomonidan yozilgan.

Shuningdek, “Tolibon” 18 ta universitet fanini ham man etgan. Rasmiylar bu fanlar “shariat tamoyillari va harakat siyosatiga zid” ekanini ta’kidlamoqda. Taqiqlangan fanlar orasida “Gender va taraqqiyot”, “Ayollar sotsiologiyasi”, “Muloqotda ayollarning roli” kabi yo‘nalishlar ham bor.

Huquq himoyachilarining fikricha, bu qaror Afg‘onistonda ayollar va qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yanada keskin cheklaydi. Ayol mualliflarning asarlarini taqiqlash esa ilmiy sohada senzura va fikr erkinligiga jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, universitetlarda o‘quv dasturlarini to‘ldirish va ta’lim sifatini saqlab qolishda ham katta muammolar yuzaga keladi, chunki taqiqlangan kitoblar orasida keng qo‘llaniladigan asosiy darsliklar ham bor.

Xalqaro hamjamiyat esa bu qarorni ayollarga nisbatan kamsitish siyosatining navbatdagi bosqichi sifatida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati rasmiylari Qandahor viloyatida ayollarga radio orqali ko‘ngilochar dasturlarni olib borishni taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon ayollar Gender va taraqqiyot Ayollar sotsiologiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing