Topuriyaning rafiqasi uni zo‘ravonlikda ayblamoqda

Sport

image

Yengil vazn toifasidagi UFC chempioni, gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangchi Iliya Topuriya oilaviy zo‘ravonlik ayblovlari yuzasidan sudda ishtirok etadi. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Topuriyaning rafiqasi Jorjina Badell uni oilaviy va genderga asoslangan zo‘ravonlik, shuningdek, tajovuzda ayblamoqda. Jangchi esa, o‘z navbatida, tovlamachilikka urinish qurboni bo‘lganini ta’kidlab, barcha ayblovlarni rad etgan. Hozirda tomonlar ajrashish jarayonida.

Sud majlisi ertaga, 7 yanvar kuni Ispaniyaning Mostoles shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda asosan ularning voyaga yetmagan qizining vasiyligi va farovonligi masalalari ko‘rib chiqiladi. Bola hozirda onasi va buvisi bilan yashamoqda. Badell, shuningdek, suddan qizining Qo‘shma Shtatlarga safar qilishi uchun ruxsat so‘ragan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Iliya Topuriya aralash yakkakurashlarda 17-0 hisobidagi mag‘lubiyatsiz seriyaga ega. 2025 yil iyun oyida u braziliyalik Charlz Oliveyrani nokautga uchratib, yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Iliya Topuriya Jorjina Badell

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing