Toshkent havo iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqdi
Jamiyat
−
10 noyabr 3811 1 daqiqa
Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Soat 16:51 holatiga ko‘ra, Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 121,6 mkg/m kubni tashkil etgan. Bu hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik PM 2.5 bo‘yicha tavsiya etilgan me’yoridan 24,3 baravar yuqori.

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabr kuni Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqandi.