Toshkent metrosida yo‘lovchi vagon eshiklarini ishdan chiqardi
Jamiyat
−
09:30 4708 1 daqiqa
Toshkent metropoliteni yo‘lovchisi poyezd vagoni eshiklarini ishdan chiqardi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 dekabr kuni soat 16:23 da “Mustaqillik maydoni” bekatidan “Paxtakor” bekati tomon harakatlanishi belgilangan 16-sonli harakat tarkibi yo‘lovchilarni qabul qilib, eshiklarini yopayotgan vaqtda yo‘lovchilardan biri vagonga kirish maqsadida uni ochishga uringan.
Oqibatda eshikni himoya qiluvchi qurilma mexanizmi ishdan chiqqan. Mashinist vaziyatni zudlik bilan bartaraf etganiga qaramasdan, yuzaga kelgan nosozlik keyingi bekatga yetmasdan qayta takrorlangan. Shundan so‘ng mashinist yo‘riqnomaga asosan yo‘lovchilarni bekatga tushirib, harakat tarkibini elektrodepoga olib ketgan.
“Hurmatli metropoliten yo‘lovchilari! Metropoliten ob’ektlarida xavfsizlik talablariga rioya etishingizni va metro mulkiga ziyon yetkazmasligingizni so‘raymiz. Zero birgina e’tiborsizligingiz siz va boshqa yo‘lovchilarning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin”, deydi “Toshkent metropoliteni” DUK.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenida kassa operatori lavozimi butunlay tugatilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi