Toshkent metrosining yopilgan yo‘nalishi qaytadan ishga tushdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 avgust kuni Toshkent metropolitenida profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ushbu yo‘nalish bugun, 1 noyabr kunidan qayta ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent metropolitenining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun tongdan boshlab ushbu yo‘nalish yo‘lovchilar uchun to‘liq ishga tushirilgan va hozirda ushbu yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo‘yicha rejadagi loyihalarga ko‘ra, Toshkent metropoliteni liniyasini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing