Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi (video)
Jamiyat
−
31 Oktabr 10939 1 daqiqa
Bugun, 31 oktyabr kuni poytaxt bo‘ylab kuchli shamol kuzatilayotgani sababli Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi.
Hokimlikning yozishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdori ko‘payishi mumkin. Shu sababli, aholidan bir nechta tavsiyalarga amal qilish so‘ralgan. Xususan:
- Avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
- ko‘chada yurishni cheklash, ayniqsa allergiya yoki changga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;
- shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish.
“O‘zingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang”, deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar yuz berganda ushbu telefon raqamlariga murojaat qilish so‘rlagan: 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 31 oktyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligini xabar qilingandi.
Live
Barchasi