Toshkent viloyatida doimiy it so‘yib kelganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Angren shahrida doimiy ravishda it so‘yib kelgan 2 nafar erkak ushlandi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 27 fevral kuni yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda 2 nafar erkak itlarni so‘yayotgan bo‘lgan. Ushbu shaxslar doimiy ravishda itlarni so‘yib kelayotganligi aniqlangan. Ushbu holatdan xabar topgan fuqarolar esa darhol ichki ishlar xodimlariga xabar bergan. 

Boshpanasiz itlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ushbu shaxslar nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sudga taqdim etilgan.

Jinoiy ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining qarori bilan huquqbuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarini sodir qilganlikda aybli deb topilib, va ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Angren it so'yganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing