Toshkentda hayit kuni jamoat transporti 1 soat oldin ish boshlaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 may kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan harakatni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt aholisi va mehmonlari 27 may kuni metro va avtobuslarda soat 04:00 dan harakatlana oladi.

“Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 04:00 dan o‘z harakatini boshlaydi”, deyiladi xabarda.

Yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolardan Qurbon hayiti namoziga tashrif buyurishda jamoat transporti xizmatidan foydalanish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27 may kuni nishonlangani haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 2026 yilning 28 may – payshanba, 29 may – juma kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 30 may – shanba kuni ham ta’til qilib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing