Toshkentda 64 yoshli ayol o‘zini 7-qavatdan tashladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashagan ayol 7-qavatning kirish yo‘lagidagi panjara bilan yopilmagan ochiq qismidan pastga tushib ketib halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, Bektemir tumani Abay MFY Rohat ko‘chasidagi uyda yashagan 1961 yilda tug‘ilgan ayol joniga qasd qilib, o‘zini o‘zi 7-qavatdan tashlab yuborgan va voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyiga tezkor tergov guruh chiqqan. Tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi ko‘p qavatli uyning 14-qavatidan Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filialining 2007 yilda tug‘ilgan 2-bosqich talabasi o‘zini tashlab vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bektemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing