Toshkentda “aqlli” svetoforlar o‘rnatilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va o‘tkazuvchanligini oshirishga qaratilgan ishlar reja asosda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, shahar markaziy ko‘chalaridan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Buyuk ipak yo‘li hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chalarida frezalash va asfaltlash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab 3 ta chorrahada “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish uchun yer qazish, asfalt kesish va kabel o‘tkazish ishlari boshlangan.

Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi “Salom choyxonasi” avtobus bekatini yangilash maqsadida uning poydevor qismi ta’mirlangan.

Sebzor ko‘chasida ham asfaltlash ishlari davom ettirilib, ko‘chaning Abdulla Qodiriy va Nurafshon ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida reja asosida frezalash hamda asfaltlash ishlari yakunlangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 fevral kuni maxsus tuzilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazida Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan va unda Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etgan. Unda “aqlli” svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha belgilangan ishlar boshlanishi haqida aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

svetofor aqlli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing