Toshkentda avtobus 13 yoshli qizni urib ketdi
3-sahifa
−
02 aprel 3815 1 daqiqa
Bugun, 2 aprel kuni Toshkent shahrida MAN rusumli avtobus 13 yoshli qizni urib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, taxminan soat 12:40 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida 1975 yilda tug‘ilgan haydovchi MAN rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2012 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ygan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatilgandi.
Live
Barchasi