Toshkentda avtobus 18 yoshli qizni bosib ketdi (video)
3-sahifa
−
22 Sentabr 58508 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumanida elektrobus 2007 yilda tug‘ilgan qizni bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Videoda qizning bekat hududida ketayotganini va avtobus haydovchisining uni ko‘rmay avval urib, so‘ng bosib ketganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 sentyabr kuni soat 06:53 da 4-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 57-sonli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan Yutong rusumli elektrobusning 2000 yilda tug‘ilgan haydovchisi X.S. transportni Yangihayot tumani Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, Erkin qo‘rg‘oni oxirgi bekatiga kirayotganida shu hududdan o‘tayotgan 2007 yilda tug‘ilgan piyoda F.M.ni avtobusning o‘ng yon tomoni bilan urib yuborgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
“Haydovchi zudlik bilan avtobus harakatini to‘xtatib, piyoda F.M. ni shifoxonaga olib borgan va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda”, deyiladi korxona munosabatida.
Bildirilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan daxshatli yo‘l-transort hodisasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs vafot etgandi. 15 yoshli fuqaro otasiga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomashinasini (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan. YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr