Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:44 da Uchtepa tumanining Birlik mavzesida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da o‘chirilgan. FVB bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida avtobus butunlay yonib kul bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in avtobus FVB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing