Toshkentda avtobus ZIL bilan to‘qnashib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida avtobus ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 29 sentyabr kuni soat 21:20 da Jarqo‘rg‘on ko‘chasida sodir bo‘lgan. ZIL rusumli yuk mashinasi va Yutong rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘lning cho‘kkan qismiga avtobus tushib ketgandi. Voqea joyiga 5-avtobus saroyi rahbari va mas’ul xodimlar yetib borib, tegishli choralar ko‘rilgan. Soat 10:10 ga kelib avtobus cho‘kkan joyidan chiqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus ZIL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing