Toshkentda ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida ayolga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan 27 yoshli erkak 3 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 7 aprel kuni 1998 yilda tug‘ilgan S.T. Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi xonadonlarning birida N.S. ga nisbatan tegajog‘lik qilgan. Xususan, uning ayol tanasining turli qismlaridan ushlagani hamda shahvoniy shilqimlik qilgani aniqlangan.

Kecha, 14 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda huquqbuzar S.T. yuqoridagilarni qisman tasdiqlab, boshqa bunday holatni takrorlamasligini bildirgan va o‘ziga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.

Sud qarori bilan S.T. ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismiga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Novza” bekatlari oralig‘ida, elektropoyezd vagoni ichida begona ayolning belidan past qismiga tegingan erkak 5 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod tegajog'lik Shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing