Yong‘in: 3 yoshli qurbon va 150 nafardan ortiq evakuatsiya

3-sahifa

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Parkent ko‘chasida joylashgan “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markaz binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan qutqaruv texnikalari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelib, zudlik bilan qutqaruv va evakuatsiya ishlarini boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, binoning ikkinchi qavatida 150 nafardan ortiq fuqaro bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan tezkor va professional harakatlar natijasida barcha fuqarolar xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan.

Evakuatsiya va qutqaruv ishlari to‘liq yakunlangach, binoda razvedka ishlari olib borilib, boshqa xonalarda fuqarolar bor-yo‘qligi aniqlandi. Shundan so‘ng yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirildi va olov soat 17:17 da to‘liq bartaraf etildi.

Afsuski, olib borilgan yong‘in qidiruv ishlari davomida 2023 yilda tug‘ilgan bir nafar voyaga yetmagan bolaning jasadi vayronalar ostidan topildi. Marhum bolaning jasadi bolalar o‘yingohi hududida aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonga prokuratura organlari hamda Ichki ishlar vazirligi jalb etilgan. Yong‘in sabablarini aniqlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-texnik laboratoriyasi ish olib bormoqda.

Yong‘in sabablari aniqlangach, qo‘shimcha ma’lumotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Behzod Shamsutdinov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yong'in Yashnobod evakuatsiya qurbon Aviator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing