Toshkentda bir guruh yigitlar yo‘l yoqasida janjallashdi (video)
3-sahifa
−
21 aprel 5925 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida sakkiz nafar fuqaro o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ular protsessual tartibda ushlanib, hujjatlar rasmiylashtirilgan va Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining navbatchilik qismiga topshirilgan.
“Beshta og‘aynim bilan keldim, bular ham keldi. Gaplashdik, shu o‘zaro ziddiyat bo‘lib, ozroq muammo bo‘lib qoldi. O‘zim kutmagan narsalar bo‘lib ketdi. Qilgan ishimizdan afsusdaman. Hech kimga bunaqa urushish, ko‘chada bezorilik qilishni tavsiya bermayman. Davlatimizdan, xodimlarimizdan kechirishlarini so‘raymiz, boshqa bunaqa holat bo‘lmaydi”, deydi janjal ishtirokchilaridan biri.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, ya’ni bezorilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bir guruh shaxslar yer talashib, o‘zaro janjallashgan edi.
Live
Barchasi