Toshkentda bir kunda ikkita avtobus yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 6 aprel kuni Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 18:45 da Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan. 
Qayd etilishicha, ushbu avtobus 2012 yilda ishlab chiqarilgan. Holat 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 143-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, haydovchi F.A. boshqaruvidagi avtobus, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtda, avtobusning elektr kabellarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi yong‘inni o‘chirish uchun birlamchi o‘t o‘chirish moslamasi orqali dastlabki choralar ko‘rishiga qaramay, yong‘in alangaga aylangan. Shundan so‘ng, voqea joyiga FVV Yong‘in qutqaruv bo‘linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa ortidan tan jarohati olganlar yo‘q, avtobusga texnik zarar yetgan.

Shu bilan birga, 6 aprel kuni soat 21:55da 8-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Mercedes-Benz rusumli 169-sonli- yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusda ham yong‘in sodir bo‘lgan. Mazkur avtobus 2012 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, avtobus Qibray tumanidagi “Qashqarlik” bekatida yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish vaqtida motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida tutash holati yuzaga kelgan. 

Avtobus haydovchisi A.U. ushbu holatni ko‘rib, tezkor choralar ko‘rgan va tutash holatini bartaraf qilgan. Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobus texnik shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridan (AGTKSH) birida avtobus hamda Matiz mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing