Toshkentda Cobalt Lixiang bilan to‘qnashib, majaqlanib ketdi
3-sahifa
−
31 Oktabr 9299 1 daqiqa
Bugun, 31 oktyabr kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida Cobalt Lixiang bilan to‘qnashib, majaqlanib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:00 larda Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida Cobalt va Lixiang rusumli transport vositalarining o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, YTH oqibatida Cobalt haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tez yordam mashinasi “Gelik” bilan to‘qnashib ketgan edi. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi