Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi

3-sahifa

image

Toshkentda fuqaro Ichki ishlar organlari xodimiga pichoq bilan tajovuz qildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 iyun kuni soat 14:30 da Uchtepa tumanining 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro U.M. o‘tkir tig‘li jism bilan fuqaro N.T. ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Oqibatda jabrlanuvchi “chap ko‘krak qismining sanchilgan-kesilgan jarohati” tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan. 

Hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni topib, uni ushlash choralarini ko‘rgan. Aynan o‘sha vaqtda esa U.M. unga ham pichoq bilan tajovuz qilib, faol qarshilik ko‘rsatgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi daliliy ashyo (N.T. ga tan jarohati yetkazgan pichoq) bilan profilaktika inspektori va PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan hamda tergovga jalb qilingan. 

IIO xodimlari tan jarohati olmagan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bildirilishicha, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ichki ishlar xodimi pichoqlab ketilgandi. Pichoqlashda gumon qilingan shaxs esa qisqa vaqtda ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing