Toshkentda fuqaro ko‘chaning o‘rtasida o‘ziga narkotik ukol urdimi?
3-sahifa
−
10 may 10598 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro o‘z tomiriga in’eksiya yo‘li bilan narkotik modda yuborgani (ukol) aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan mazkur holat o‘rganilib, holatga aniqlik kiritilgan.
O‘rganish natijasida ma’lum bo‘lishicha, kecha, 9 may kuni taxminan soat 17:00 larda 1979 yilda tug‘ilgan B.G. Shayxontohur tumanidagi mahallalardan birida o‘z tomiriga in’eksiya yo‘li bilan suyuqlik moddasini yuborgan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida giyohvandlik va psixotrop moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan 20 yoshli yigit 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Live
Barchasi